Ulug‘bekning piyolasi

Britaniya muzeyining "Al-Buxoriy" islom dunyosi galereyasida saqlanayotgan mashhur "Ulug‘bek piyolasi" har bir o‘zbekistonlikning g‘ururidir, chunki tahminlarga ko‘ra undan mashhur matematik va astronom, Ami Temurning nabirasi, Shohrux Mirzoning o‘g‘li, 1400-yillarda Samarqandni boshqargan buyuk Ulug‘bek ibn Shohruh foydalangan. Ushbu piyola zaytun-yashil rangli nefritdan yasalgan, ism va unvon arab harflarida o‘yib yozilgan: Ulug‘bek Ko‘ragon. Idishning dastasi piyola chetini tishlayotgan xitoylik shoxsiz ajdaho - "Chi Long" haykalchasi bilan bezatilgan. Piyolaning chetidagi yoriqni yopib turgan kumush plastinkada o‘yib yozilgan turkiy yozuv Ollohning marhamatini madh etadi va "Ollohning marhamati cheksizdir" deb tarjima qilinadi.




​​​​​Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, piyola XV asrning birinchi yarmida Samarqandda mahalliy hunarmand tomonidan yaratilgan. Temuriylar nefritni juda ham yoqtirishgan, uni g‘alaba toshi deb hisoblashgan va undan xanjar tutqichlari va boshqa harbiy aslahalarni yasashda foydalanishgan. Temuriylar davridagi nefritdan yasalgan o‘ymakorlik asarlarining aksariyati, afsonaviy toshga mehr qo‘ygan Ulug‘bekning hukmronligi bilan bog‘liq: ma’lumki, Go‘ri Amirdagi yashil nefritdan yasalgan toshni, Ulug‘bek Samarqandga olib kelgan.


Ulug‘bekning kosasini 1959 yilda Britaniya muzeyi 50 funt sterling evaziga sotib olgan.



Ulug‘bekning piyolasi - bu vaqt va makondan tashqarida bo‘lgan bebaho obyektdir - u nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo madaniyati uchun qadrli hisoblanadi. "O‘zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniya to‘plamlarida" nomli yangi nashrining sahifalarida siz maftunkor biografiyani topasiz va uning Markaziy Osiyodan Usmonli imperiyasi va zamonaviy Yevropaga qilgan sayohatlari sirlarini hamda Temuriylarning boshqa nefritlari haqidagi hikoyalarni topasiz. 


© Fotosuratlar - Britaniya muzeyi sayti 
 

***
"O'zbekiston madaniy merosi dunyo to'plamlarida" loyihasining tadqiqot tashabbuslari O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, saqlash va ommalashtirishga qaratilgan. "Eriell Group" xalqaro neft xizmati kompaniyasi dunyo miqyosida loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama yordam berib kelmoqda.