Turindagi kutilmagan shaxsiy o‘zbek kolleksiyasi 

Turindagi kutilmagan shaxsiy o‘zbek kolleksiyasi 

Shalimar kolleksiyasi bir kun kelib Turindagi sharq san’ati muzeyiga tushib qolishga munosib, chunki u o‘zbek badiiy madaniyatining juda qiziqarli asarlarini o‘z ichiga olgan.

Ular orasida feruza va marganetsli sir bilan bo‘yalgan, kesma geometrik bo‘rtma naqsh bilan bezalgan to‘g‘riburchak shaklidagi koshin va gulli asosdagi ikkita panel bilan bezalgan jimjimador koshin parchasi bor. 
Har ikki namuna ham Shohizinda majmuasidagi maqbaralar sirtiga ishlatilgan qoplamalarga o‘xshaydi.

Ushbu kolleksiyaga kelib chiqishi Buxorodagi Abdulazizxon madrasasiga borib taqaluvchi, sariq, och yashil, feruza va oq naqshlar bilan bezalgan “сuerda seca” usulidagi koshin parchasi ham kirgan. 

Va nihoyat, kolleksiya tarkibiga kiruvchi to‘rtburchak marmar panno va to‘g‘ri burchakli marmar panno parchasining ham ahamiyati kam emas.  

Shunga o‘xshash frizlarni Go‘ri Amir maqbarasidagi kenotaf – bo‘sh qabrlarda ham ko‘rish mumkin.