O‘zbekiston hududida zargarlik buyumlarining kelib chiqish tarixi ming yilliklarning qaʼriga borib taqaladi. XIX asrda ushbu hunarmandchilikning eng yirik markazlari Xiva, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Qo‘qon shaharlari bo‘lgan.
Har bir markaz o‘zining shakllariga va bezak naqshlariga ega bo‘lgan. Metallar orasida eng keng tarqalgani kumush, undan keyin bronza va mis bo‘lgan. Bezaklar egasining yoshi va ijtimoiy mavqeidan dalolat berib, bundan tashqari turli moʻjizakor xususiyatlarga ham ega bo‘lgan va tumor vazifasini ham o‘tagan.
Nozigardon (forschadan - boʻyin bezagi) — zargarlik buyumi bo'lib, ayollarning boʻyinga taqadigan taqinchogʻi hisoblanadi. Nozigardon markaziy turunj, uning 2 yonidan 2 ta dan 4 ta murabba shaklli, 1 tadan uchburchak shaklli yaproqchalarning oʻzaro 5-6 qatorli zanjirlar bilan bir maromda maʼlum oralikda birikishidan hosil boʻladi.
O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi Davlat Muzeyi kolleksiyadagi baʼzi nozigardon marjonlarda asosiy medalyonga yopishgan baliq shaklidagi shokilalar bor. Bunday shakllar ayollarning reproduktiv quvvatini oshirish uchun ishlab chiqarilgan. Medalyonning ustki qismi ko‘k emal va kumush simdan yasalgan filigran uslubidagi naqshlar bilan to‘ldirib chiqilgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” kitob-albomida (XXXIX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.