Oloy va Chorsu bozorlari haqida...

Oloy dehqon bozori — Toshkentning eng mashhur va eski bozorlaridan biridir. Oloy bozori tarixi juda uzoq, ya’ni Markaziy Osiyo yerlaridan Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan davrlarga borib taqaladi. Oloy so‘zi “Oloy” tog‘i nomidan kelib chiqqan.

XII-XIX asrlarda Oloy tog‘i yonbag‘rilari savdo-sotig‘i bilan mashhur bo‘lgan. Xususan, mahalliy aholi, shu yerlarda yashagan qozoq, qirg‘iz, o‘zbek va tojik xalqlari savdo qilishgan. Ular ziravorlar, kulolchilik buyumlari, shoyi matolar, meva hamda mabzavotlar bilan savdo qilishgan. Shu davrlardayoq ovrupacha qurilish tipidagi bozor shakllana boshlagan va Oloy bozori mamlakatdagi eng ommabop bozor hisoblangan.

1950 yillar savdo-sodiq qulayligini ko‘zlab, do‘konchalar qurilishi uchun yerlar ajratila boshlangan. Bu qurilishlar oq g‘ishtdan bo‘lgan. oradan o‘n yillarcha o‘tgach, bozor maydonida ikki qavatli go‘sht bozori bunyod etilgan. Hozirda Oloy bozorida 2000 ga yaqin do‘kon mavjud. Bozor meva va sabzavotlar, tuzlamalar, ziravorlar, sut va sut mahsulotlari, va albatta, xushbo‘y gullarga serobdir. Oloy bozori savdogarlari sizlarni har doim iliq kutib olishadi va siz yaxshi bozorlik va ko‘tarinki kayfiyatda bozordan chiqib ketasiz. 

Chorsu — Samarkand yazxm chorrahada joylashgan usti berk bozor-tim (18-asr). Tarixiy manbalarga kura, Tuman ogʻo tomonidan qurilgan. Telpakfurushon timi (14-asr oxiri) taxminan Ch.ning oʻrnida boʻlgan. Binoning tashqI devorlari 12 qirrali prizmani hosil kiladi. Olti tarafga qaragan ravoqlar va ular orqasidagi yoʻlaklar shaharning asosiy koʻchalari yoʻnalishlari boʻyicha qurilgan. Ravoqli tomonlarning oraliqlarida tarxlari uchburchak shaklida boʻlgan doʻkonlar joylashgan.

Yoʻlaklar usti kichik gumbazlar bilan, markaz katta gumbaz bilan yopilgan. Ch. yoʻlaklarining 6 ta boʻlgani shahar darvozalari soniga ishora — ramziy maʼnosi bor. Yoʻlaklarning yoʻnalishlari Registon madrasalari tomonlariga ham moye kelgan. Ch. binosi hozir ham attorlik doʻkonlari majmui.



Maʻlumotlar «wikipedia»dan olindi.