XX asrning 20-yillarida ommaviy kutubxonaning Sharq qo‘lyozmalari bo‘limiga Samarqand shahridagi ilmiy-tadqiqot instituti, Buxoro shahridagi Ibn Sino nomidagi kutubxona, Xiva xoni kutubxonasi va boshqalarning ajoyib qadimgi qo‘lyozmalari to‘plami topshirildi.
Bu esa O‘rta Osiyo jamiyatlarining talablarini aks ettirgan taxminan 700 yillik davr mobaynidagi, shuningdek, «musulmon madaniyati»ning deyarli 1000 yillik yozma yodgorliklaridan (qadimgi arab tilidagi qo‘lyozma 344/955-yillarga borib taqaladi, oxirgilari esa bizning davrimizga to‘g‘ri keladi) iborat katta qo‘lyozmalar to‘plamini bir joyga jamlash imkonini berdi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasining qo'lyozma va kitob merosi” kitob-albomida (XLI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.