O‘rta asrlarda Sharqda musiqa san’atiga qanday munosabatda bo‘lingan?

Musiqadan zavq olish Hirot ziyoli qatlamining ma’lum qismini qamrab oluvchi maishiy belgilardan biri sanalgan.

Musiqani tinglash madaniyati juda yuqori bo‘lgan, musiqani shunchaki ko‘ngilxushlik uchun tinglashmagan, balki undan ma’naviy-ruhiy ozuqa olish, tafakkurga cho‘mish, hissiy kechinmalarni uyg‘otish uchun ham ushbu san’at turiga murojaat qilishgan. Musiqaga bo‘lgan bu xildagi munosabatlar haqida o‘sha davr zamondoshlari ko‘plab misollar keltirishgan. Musiqani tushunish har qanday ijtimoiy ahvoldagi va kasbdagi inson uchun yuksak fazilat sanalgan, uni bilmaslik esa tarbiyasizlik va savodsizlik belgisi hisoblangan. 

Ma’lumki, Alisher Navoiy o‘z zamondoshi bo‘lgan shoir Binoiyni musiqani bilmaslikda ayblagan. Boburning guvohlik berishicha, «Burunlar musiqiydin bexabar ekandur, bu jihattin ta’n qilur ekandur». Keyin shoir bu bo‘shliqni to‘ldirishga uringan. Bobur tilga olgan musiqaga aloqador kishilarning yarmi professional san’atkor bo‘lishmagan. Boburning saroyida maxsus musiqachilar lavozimlari bo‘lgan va o‘zining yozishicha, vaqti-vaqti bilan musiqiy asarlar (xususan, savt va maqomi Chorgoh) yaratib turgan.

Bu haqda batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumining “Rossiya Federasiyasi to‘plamlaridagi O‘zbekiston musiqiy merosi” (VI jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.