1920-yillarda O‘zbekistonda tasviriy san’at milliy maktabining shakllanishi yuz berdi.
Toshkent, Samarqand, Andijonda badiiy studiyalar ochildi. Ko‘pgina rassomlar Moskva, Peterburgdagi badiiy studiyalarda, San’at akademiyasi qoshidagi Oliy badiiy bilim yurtida, Oliy san’at-texnika ustaxonalarida va shu kabi muassasalarda bilim olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Bu davrda Rossiyadan ko‘plab rassomlarning O‘zbekistonga kelib, shu yerda ikkinchi vatanini topgani, benazir ijodkor shaxs sifatida shakllanib, o‘ziga xos tasviriy san’at maktabining shakllanishiga katta hissa qo‘shganligi kuzatiladi. Ushbu davr, ya’ni o‘tganyuz yillikning 20-yillarning oxiri – 30-yillarning boshi tasviriy san’atning oyoqqa turish davri bo‘lganiga qaramay, bu palla erkinlik, ijodkor ruhning ozodlikka chiqishi, turli ikki ijodiy uslublar — realizm va avangard badiiy oqimlarining uyg‘unlikda mavjudligi bilan san’at tarixiga kirgan.
S. Yudin, I. Kazakov, M. Novikov, keyinchalik esa P. Benkov etnografik realizm, impressionizm yo‘nalishlarini davom ettirishdi. O‘nlab yillar davomida asosan «O‘rta Osiyo avangardi» deb nomlanuvchi noyob hodisa davri bo‘ldiki, uning R. Mazeldan boshqa barcha vakillari O‘zbekistonda yashab, ijod qilishgan.
Bu haqda batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “Tretyakov galereyasi Davlat to‘plami” (III jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.