O‘rta Osiyo avangardida isyonkorlik, norozilik ruhi mavjud emas.
Zero, aynan shu xususiyat XX asrdagi o‘zbek tasviriy san’atining kubizmdan tortib to postmoderngacha bo‘lgan barcha boshqa uslublarining ma’nosini anglash uchun xosdir. O‘rta Osiyo avangardining noyobligi shundan iboratki, u rus avangardining tajribalari, yutuqlarini O‘rta Osiyo an’anaviy madaniyatining badiiy tajribasi bilan umumlashtiradi.
1920 yillarda rassomlar shahar hayoti, turmush tarzi, anʼanalar va marosimlar muhitini belgilovchi anʼanaviy sanʼat bilan bevosita bog‘liq bo‘lganlar, unda xalqning asrlar davomida shakllangan nafis tasavvurlarini topganlar. A. Volkov, A. Nikolayev (Usto Mo‘min), O. Tatevosyan, N. Karaxan, O‘. Tansiqboyev, N. Kashina, V. Yeremyan, Ye. Korovay va boshqalar an’anaviy uslubga murojaat qilgan holda faqat avangard san’atining shartli uslubi tajribalarini o‘zlashtiribgina qolmay, balki O‘rta Osiyo badiiy an’analarining uzilmas zanjirini davom ettirishgan ham.
Ular ijodining 1920 yillardagi tamoyili asosida Sharq an’anaviy nazmini anglash va uni XX asr san’atining ijodiy yo‘nalishlari bilan birlashtirish namoyon bo‘ladi. Kesishish nuqtasi esa an’anaviy san’atga xos bo‘lgan va avangard xususiyatiga ega asarlarda ifodalangan badiiy tilning shartliligi, lo‘ndaligi, ziynatliligi, obrazlarning ramziyligidir.
Bu haqda batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “Tretyakov galereyasi Davlat to‘plami” (III jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.