O‘rta Osiyo mintaqasidan ilhomlangan Polsha rassomi

Osiyo va Tinch okeani muzeyida Osiyo va Okeaniyaning moddiy madaniyatidan tashqari O‘rta Osiyo mintaqasidan ilhomlangan Polsha rassomlarining asarlari ham namoyish etilgan.

Ular orasida Stanislav Poznanskiyning asarlari ajralib turadi. Stanislav 1909  yilda Varshavada tug‘ilgan.1939  yilda nemis qo‘shinlari Polshaga bostirib kirgandan so‘ng Poznanskiy Varshavada qolgan. Qarshilik harakatiga qo‘shilgan va 1944 yil Varshava qo‘zg‘olonlarida ham qatnashgan. Qo‘zg‘olon bostirilganidan so‘ng rassom Ojarovadagi tranzit lageriga qamoqqa olingan. Pomeraniyadagi Gross-Bornda joylashgan Oflag II-D ga tushishidan oldin u ikki marta bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilgan. 

1945 yilda lager mahbuslari Birinchi Polsha armiyasi tomonidan ozod qilindilar. Urush tugaganidan so‘ng Poznanskiy qisqa vaqt davomida Bidgoshda yashadi va mahalliy madaniy markazda asarlari namoyish etildi. U 1946 yilda Varshavaga qaytgan. Poznanskiy 1979  yilda iste’foga chiqqach, faol mehnat qilishni to‘xtatmadi.  1990 yilda tashkil etilgan Polsha-Germaniya qo‘shnichilik klubining Vit Stvosh nomidagi Polsha va Germaniya madaniy merosini himoya qilish jamg‘armasi ma’muriy kengashi a’zosi bo‘lgan, ushbu kengashning maqsadi ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va ilmiy hamkorlikka ko‘maklashish edi.

Uning qarashlari xilma-xil, qiziqarli va rassomchilik sohasidagi turli xil badiiy izlanishlar bilan to‘ldirilgan.

Bu haqda batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidan “Polsha muzeylaridagi O‘zbekiston madaniy merosi”(XL jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.