Oʻrta Osiyodagi eng uzun daryo bu Amudaryo...

Amudaryo – Oʻrta osiyo hududidagi eng uzun daryoYunonlar Oks deb ataganlar.
Mahalliy xalq orasida daryo Jayhun nomi bilan mashhur. Daryo uzunligi 2400 km,
daryo deltasi 534 739 km². Amudaryo hozirgi Tojikistonning Pomir togʻi etaklaridagi
Panj va Vaxsh daryolarining birlashuvidan boshlanib OʻzbekistonAfgʻoniston va
Turkmaniston hududlaridan oʻtadi va tobora qurib borayotgan Orol dengiziga quyiladi.

Tarixi

Amudaryo – Turkiston oʻlkasidagi eng sersuv, yirik daryo. Amudaryoni yunon va rimliklar Oksus yoki Oksos,
arablar Jayxun, yerli xalqlar dastlab OʻkuzBalx, Vaxsh, soʻngra Amul deb ataganlar.
Amudaryo quyi va oʻrta toʻrtlamchi davrda Qoraqum choʻli orqali oʻtib, Kaspiy dengiziga quyilgan,
togʻlardan suv oqimi bilan keltirilgan oqiziqlarning yotqizilishi natijasida qumlar tarkib topgan.
Bu haqda Abu Rayhon Beruniy "Amudaryo tarixi" asarida yozib qoldirgan. Yuqori toʻrtlamchi davrda Amudaryo hozirgi oʻzani boʻyicha oqqan.
Miloddan avvalgi 10-mingyillikdan 2-mingyillikkacha Xorazm botigʻini va qisman Sariqamish botigʻini toʻldirgan.
Oqimining bir qismi janubga oqib, hozirgi Oʻzboʻy oʻzanini vujudga keltirgan va Kaspiy dengiziga quyilgan.
Shu davrda Sariqamish boʻyi deltasi tarkib topgan. Miloddan avvalgi 3-va 2-mingyilliklar orasida Amudaryo hozirgi Tuyamoʻyin qisigʻidan shimolga,
Oqchadaryo oʻzanidan oqib Orol dengiziga uning janubi-sharqidan quyilgan va Oqchadaryo deltasi tarkib topgan.
Miloddan avvalgi 2- va 1-mingyilliklarda Amudaryo hozirgi yoʻnalishda, ya’ni Orol dengiziga janubdan quyila boshlagan.
Miloddan avvalgi 1-mingyillikning oʻrtasida hozirgi Orolboʻyi Amudaryo deltasi (Orolboʻyi deltasi) vujudga kela boshlagan.
Oʻsha vaqtdan Amudaryo Orol dengiziga quyilmoqda. Ba’zan oqimining bir qismi Sariqamish koʻliga ham borib turgan.
13-asrda moʻgʻul bosqinchilarining Xorazm davlatiga hujumi vaqti (1220)da Amudaryoning chap qirgʻogʻidagi damba va toʻgʻonlar buzib tashlangan,
natijada Amudaryo suvi yana Dovdan va Daryoliq quruq oʻzanlari orqali Sariqamish botigʻiga oqqan. Keyinroq toʻgʻon va dambalar tiklangach,
Amudaryo yana avvalgi oʻzani orqali Orol dengiziga quyila boshlagan. 14-asrda oʻzaro urushlar sababli qirgʻogʻidagi inshootlar buzilgan,
suv yana Sariqamishga oqqan, Oʻzboʻy oʻzanida suv hatto Kaspiy dengiziga yoʻnalgan.
17-asr boshida Amudaryoning chap qirgʻogʻidagi toʻsiqlar yana qayta tiklanishi bilan suv eski oʻzani orqali oqa boshlab,
18–19-asrlarda ba’zan oqimning bir qismi Sariqamishga oqqanligi tarixiy manbalarda qayd etilgan.