O‘tgan asrning 50-yillarida tasviriy san’atda qanday ruhiy izlanishlar o‘z aksini topdi?

1950 yillarning ikkinchi yarmida O‘zbekiston tasviriy san’atida R. Ahmedov, N. Qo‘ziboyev, A. Abdullayev, M. Saidov, T. Oganesov, V. Jmakin, Yu. Yelizarov kabi akademik yo‘nalishdagi rassomlarning ijodiy izlanishlari bilan yangilangan realizm tantanasi hukm sura boshlaydi.

Kolleksiyada taqdim etilgan ularning ishlarida o‘sha davrning ruhiy izlanishlari aks etadi va O‘zbekiston rassomlik san’ati tarixining oltin fondini tashkil qiladi. Mazkur rassomlarning tushunchasidagi milliy o‘ziga xoslik milliy portret tipajlari, janr sahnalari, milliy tabiat manzaralari orqali tasvirlanadi. Aynan shunday talqin rasmiy estetika deb belgilangan bo‘lib, o‘zining ro‘yobini turli milliy maktablarda topdi.

1960 yillarda badiiy boyishning yangi shakllarini qidirish, umuman o‘zgacha plastik g‘oyalarni tasdiqlash yuz berdi. Ushbu davrdan boshlab O‘zbekiston rassomlik san’atida turli badiiy yo‘nalishlarning muayyan plyuralizmi (fikrlar xilma-xilligi) boshlanadi. 

Bu borada mazkur davrning katta avlodi Ch. Axmarov, Sh. Hasanova, shuningdek, R. Choriyevning ishlari tahsinga sazovor bo‘ldi. Masalan, buyuk usta Ch. Axmarovning «Qiz», «Nodira», «Raqqosa», «O‘smir» kartinalarida rassom tomonidan tarixiy-madaniy merosning muhim qismini miniatyura san’ati sifatida ijodiy fikrlashini ko‘rsak, R. Choriyevning «Rekviyem», «R. Gamzatov portreti», «Kelin» ishlarida biz ijodiy izlanishning umuman o‘zgacha nafasini, birmuncha ma’nan va uslubiy, boy dunyoqarash va obrazli-plastik bo‘yoqlarni his qilamiz.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

O‘tgan asrning 50-yillarida tasviriy san’atda qanday ruhiy izlanishlar o‘z aksini topdi?
O‘tgan asrning 50-yillarida tasviriy san’atda qanday ruhiy izlanishlar o‘z aksini topdi?