Tarixiy fotosuratlar bizga XIX asr oxiri – XX asr boshidagi Turkiston o‘lkasi shaharlari qiyofasidagi o‘zgarishlar nafasini yetkazib beradi.
Bu fikrlar ayniqsa o‘lka markazi – Toshkentga, shuningdek sanoat va qayta ishlovchi tashkilotlar vujudga kelishi natijasida Turkiston general-gubernatorligining savdo va hukumat markazlariga aylanayotgan, yangi qurilayotgan temir yo‘l yo‘nalishida joylashgan Samarqand, Qo‘qon va boshqa shaharlarga tegishli. Shu sababli Rossiyaning Yevropa qismi vakillari – amaldorlar, harbiylar, muhandislar, vrachlar, o‘qituvchilar va boshqa kasb egalari birinchi navbatda ana shu shaharlarga intiladilar. Ularni joylashtirish uchun eski shaharlar hududida yangi tumanlar qurildi. Natijada shaharlar «ruslar» va «mahalliy» qismlarga bo‘linib qoldi. Ularni shu tarzda atash odat tusiga kirdi.
Ko‘pincha «rus» tumanlari yomon, suvsiz yerlarda vujudga keldi. Ammo bu yerlarni tezda o‘zlashtirib oldilar: ko‘chalar, yo‘llar qurdilar, kanallar qazib suv keltirdilar, Yevropa qiyofasidagi imoratlar qurdilar, daraxtlar ekib ko‘kartirdilar. «Rus» qismlari imoratlari tuzilishi va me’moriy yechimlari bilan eski shahardagi yashash manzillari ko‘rinishidan keskin farq qilardi. O‘sha paytlari O‘rta Osiyoning chekkachekka shaharlaridagi bu hududlar o‘n yillardan so‘ng nafaqat umumiy guruhga qo‘shilib ketishini, hatto ular shaharlarning markazlariga aylanishini, qad rostlagan yevropacha imoratlar haqiqiy sharqona imoratlar bilan tabiiy qo‘shnichilik qilishini tasavvurga sig‘dirish qiyin edi. O‘tgan yuz yil davomida nafaqat shaharlarning «mahalliy» qismi, balki «rus» qismi ham o‘zgardi — ularning o‘rta asrlarga oid saqlanib qolgan imoratlari O‘zbekiston tarixi osori atiqalari qatorida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.