O'tmishdagi afg'on, hind va eroniylar

Tarixiy fotosuratlarda O‘rta Osiyoda turg‘un yashaydigan afg'on, hind va eroniylar aks etgan.

Marvdan va Sharqiy Eronning tarixiy-madaniy viloyati – Xurosonning turli  hududlaridan ko‘chib kelgan bu xalq Buxoro amirligida yashab qolgan va alohida etnik guruhni tashkil etgan. Ularning naslida eroniy va turkiy qavmlar qonlari qorishib ketgan. Eroniylar Buxoro va boshqa shaharlarda – O‘zbekiston an’anaviy badiiy madaniyatining yorqin namunalaridan biri bo‘lmish – toza ipak matolar tayyorlash san’atini rivojlantirishga asosiy hissa qo‘shganlar, deya hisoblashadi. O‘tmish fotosuratchilari mahalliy aholi bilan birgalikda – savdo maqsadlarida kelgan, keyinchalik ba’zan shu yerda uzoq muddat yashab qolgan afg‘onlar, hindlarni ham suratlarga muhrlaganlar. Afg‘on hunarmandlarining mahsulotlari mahalliy aholi orasida hamisha xaridorgir bo‘lardi. Ayniqsa misdan yasalgan tovoq idishlar, qurollar – xanjar va qilichlarni o‘zbek zodagonlari sotib olardi. Afg‘onlar asosan gavjum bozorlari mo‘l bo‘lgan, butun O‘rta Osiyo hududlaridan xaridorlar yetib keladigan Samarqand va Buxoroda joylashdilar. Hindlar jamiyatlari esa Turkiston o‘lkasining: Farg‘ona, Sirdaryo, Yettisuv kabi turli viloyatlarida o‘rnashdilar.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.