O‘yma naqsh bilan bezatilgan metall qinbog‘lar

O‘zbek pichoqlari juda ham o‘ziga xos bo‘lib, ularda tashqi ko‘rinish badiiy xususiyatlari hamda funksionallik uyg‘unlashib ketgan. Pichoqlarni ishlab chiqarish uchun har doim yuqori sifatli po‘latdan foydalaniladi.

Qinbog‘larni ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida bosma naqshli, applikatsiyali va kashta uslubida bezatilgan teri va soxta charmdan foydalanilgan. Muzeydagi o‘yma naqsh bilan bezatilgan metall qinbog‘li Xiva pichoqlarining namunalari alohida badiiy ahamiyatga ega va noyob. Ko‘p asrlik anʼanalarga rioya qilgan holda, hunarmandlar o‘z mahsulotlarini pichoqning butun qismi bo‘ylab, dastasining bandidan tortib to tig‘ining uchiga qadar bir qator joylashgan bezaklar bilan boyitishgan. O‘yma naqsh berilgan bezaklar chizmalarining puxtaligini Xorazm zargarlari sanʼati bilan taqqoslasa bo‘ladi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” kitob-albomida (XXXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.