O'zbek bozoridagi afg'on hunarmandlari

O‘tmish fotosuratchilari mahalliy aholi bilan birgalikda – savdo maqsadlarida kelgan, keyinchalik ba’zan shu yerda uzoq muddat yashab qolgan afg‘onlar, hindlarni ham suratlarga muhrlaganlar.

Afg‘on hunarmandlarining mahsulotlari mahalliy aholi orasida hamisha xaridorgir bo‘lardi. Ayniqsa misdan yasalgan tovoq idishlar, qurollar– xanjar va qilichlarni o‘zbek zodagonlari sotib olardi. Afg‘onlar asosan gavjum bozorlari mo‘l bo‘lgan, butun O‘rta Osiyo hududlaridan xaridorlar yetib keladigan Samarqand va Buxoroda joylashdilar.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda“ (37 jild) kitob-albomida tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.