O‘zbekiston hududida zargarlik buyumlarining kelib chiqish tarixi ming yilliklarning qaʼriga borib taqaladi.
XIX asrda ushbu hunarmandchilikning eng yirik markazlari Xiva, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Qo‘qon shaharlari bo‘lgan. Har bir markaz o‘zining shakllariga va bezak naqshlariga ega bo‘lgan.
Metallar orasida eng keng tarqalgani kumush, undan keyin bronza va mis bo‘lgan. Faqat Buxoro zargarlarigina oltinni afzal ko‘rishgan. Oltin ko‘pincha zarhal berish uchun ham ishlatilgan, chunki shariat bo‘yicha erkaklarning oltin taqinchoqlarni taqishi taqiqlangan edi. Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar – laʼllar, zumradlar, sapfirlar, yoqutlar, berillar, feruzalar, serdoliklar, shuningdek marjonlar, marvaridlar va sadaflar, rangli oynalardan zavq va shavq bilan foydalanishgan. Anʼanaga ko‘ra, O‘zbekistonda zargarlik buyumlari uchun toshlarni tarashlashmagan, aksincha jilo berishgan. Zargarlarning uslubi ham har xil bo‘lgan. Bular zarb qilish, kavsharlash, siyqalash, bosib naqsh solish, o‘yib naqsh solish, qoraytirish, emal, qoplama va panjarasimon filigran, donadorlash, badiiy to‘qish texnikalaridir.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” kitob-albomida (XXXIX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.