Oʻzbekiston 2022-yil may oyida tashrif buyurish uchun TOP-11 davlatlar qatoridan joy oldi!

Britaniyaning "The Times" gazetasi Oʻzbekistonni 2022-yil may oyida tashrif buyurish uchun eng yaxshi davlatlar roʻyxatiga kiritdi.

Qayd etilishicha, iliq va quruq ob-havo may oyini issiq yozdan farqli ravishda mamlakatga tashrif buyurish uchun eng qulay vaqt hisoblanadi.

Bu paytga kelib poytaxtning Chorsu bozori bahoriy mahsulotlar – koʻk oʻrik (dovcha), olma, qulupnayga toʻladi.

Shuningdek,"The Times" ham tarixiy muhit va Shoxi Zinda majmuasiga ega Samarqand hamda Ark qalʼasi joylashgan Buxoroni ziyorat qilishni tavsiya qildi.