O‘zbekiston Davlat amaliy san’at muzeyi...

Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston Davlat amaliy san’at muzeyi.

Muzey — 1937 - yilda vaqtinchalik hunarmandchilik ko‘rgazmasi negizida tashkil etilgan.

Muzeyning ko‘rgazma fondlarida O‘zbekiston bezak san’ati tarixini ochib beruvchi 10 mingga yaqin eksponatlar:
yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik, bo‘rtmachilik, zargarlik san’ati, zardo‘zlik, kashtachilik, mahalliy sanoatning ommaviy ishlab chiqarish namunalari mavjud.

Muzey haqida qiziqarli faktlar:

Aytgancha, 21-asr boshlarigacha muzey binosi rus diplomati A.Polovtsevning qarorgohi boʻlgan.

Birinchi jahon urushi paytida bu binoda asirga olingan avstriyalik ofitserlar yashagan.

 XX asrning 20-yillarida inqilobdan keyin binoda 30-yillarning oʻrtalarigacha bolalar uyi joylashgan.

Keyinchalik uyda turli tashkilotlar, jumladan, ganch oʻymakorligi, quvish oʻquv markazi, kashtachilik ustaxonasi,
1937-yil iyul oyidan boshlab uyda hunarmandchilik muzeyi, hozirda esa Oʻzbekiston Davlat amaliy sanʼat muzeyi joylashgan.

Muzey, uning go‘zal hovlisi, boy me’moriy bezaklari va binolari bilan vizual tanishish uchun virtual sayohat qilishni tavsiya etamiz!