O‘zbekiston Davlat kutubxonasi qachon Sharq qo‘lyozmalari ombori deb e’lon qilindi?

O‘zbekiston hukumati qaroriga ko‘ra, Toshkentdagi davlat ommaviy kutubxonasi 1933 yilda respublikaning Sharq qo‘lyozmalari markaziy ombori, deya e’lon qilindi.

Sharq qo‘lyozmalari bo‘limi 1870 yilda Toshkent ommaviy kutubxonasi tashkil etilishi bilan bir vaqtda yuzaga kelgan, ammo g‘oyat sekin kengaygan. Deyarli yigirma yil o‘tib (1889 yil), Toshkent ommaviy kutubxonasi qo‘lyozmalari to‘plami bor-yo‘g‘i 87 ta qo‘lyozma jildni tashkil etgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasining qo'lyozma va kitob merosi” kitob-albomida (XLI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.