Keyingi yillarda adabiyotlarni sotib olish bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmadi, chunki qo‘lyozmalarni sotib olish uchun moliyaviy imkon yo‘q edi.
Kerakli manbalar bilan to‘ldirish masalasi xayr-ehsonlar yoki qimmat bo‘lmagan ayrim nusxalarni sotib olish hisobiga hal qilindi. 1917 yildan keyingina qo‘lyozmalar fondini to‘ldirish jadallasha boshladi. 1918 yildan davlat ommaviy kutubxonasi nafaqat alohida qo‘lyozmalar, balki yuzlab jildlardan tashkil topgan butun to‘plamlarni ham sotib olish imkoniga ega bo‘ldi. Aynan mana shu yo‘l bilan Buxoroning oxirgi «oliy sudyasi» Sharifjon mahdumning behad qimmatli qo‘lyozmalari, V. L. Vyatkin to‘plamlari va boshqalar sotib olindi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasining qo'lyozma va kitob merosi” kitob-albomida (XLI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.