O’zbekiston davlat sanʼat muzeyi — madaniy-maʼrifiy, ilmiy muassasa; O’rta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan badiiy muzey.
1918 yilda Toshkent shahrida Xalq universiteti muzeyi sifatida asos solingan!
.jpg)
Muzey ilmiy muassasa sifatida O’zbekiston tasviriy sanʼati bo’yicha ilmiy tekshirish ishlari olib boradi: sanʼat asarlari sotib oladi, ularni ilmiy yoritadi, muzey xazinasidagi sanʼat asarlarini tahlil qiladi, tavsiflaydi, ilmiy asarlar, katalog , albomlar nashr etadi (mas, "Yapon gravyurasi O’zbekiston davlat sanʼat muzeyi to’plamida" katalogi; "Davlat sanʼat muzeyi" albomi, "Toshkentda eng yaxshi" turkum maʼlumot kitobi va boshqalar), xazinasidagi sanʼat asarlari asosida mavzuli ko’rgazmalar tashkil etadi, chet mamlakatlar (AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shveysariya, Rossiya, Xitoy, Yaponiya va boshqalar) ko’rgazmalarida ishtirok etadi (jumladan, "EKSPO—2000" xalqaro ko’rgazmasi, Germaniyada; Xalqaro gilamdo’zlik ko’rgazmasi hamda "Qadimshunoslik va amaliy sanʼat", AQShda va boshqalar). Ayniqsa, mustaqillik yillarida xorijiy mamlakatlar bilan ijodiy aloqalar kengaydi. Muzey Xalqaro muzeylar qo’mitasi (IKOM) aʼzosidir.

Muzey binosida 1997 yildan qayta qurish va taʼmirlash ishlari olib borildi; binoning 4 tomoniga O’zbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy oynalar o’rnatildi, ular zallarni bir xilda mayin yoritib turishi sanʼat asarlarini tabiiy yorug’likda ko’rish imkonini beradi. Muzey zamonaviy qo’riqlash va yong’inga qarshi asbobuskunalar, kompyuterlar bilan jihozlandi.