O‘zbekiston davlat tarixi muzeyida XIX asr oxiri – XX asr boshlari dungan madaniyati va turmush tarziga oid uch yuzdan ortiq o‘ziga xos ashyolar to‘plami mavjud.
Ularning aksariyati Muzey ilmiy xodimlari, shu jumladan mashhur etnograf Turdi Mirgiyazov tomonidan 1927–1928 yillarda Qozog‘istonning Sho‘rtepa qishlog‘i va Qirg‘izistonning To‘qmoq, Pishpek shaharlari hamda Qora qo‘nguz qishlog‘idan to‘plangan. Dungan amaliy sanʼat namunalari 130 yil oldin Xitoydan O‘rta Osiyo mintaqasiga kelib, bu yerda qo‘nim topgan xalqning o‘ziga xos madaniyatidan guvohlik beradi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda – Toshkent, Andijon va Farg‘ona vodiysining boshqa shaharlarida ikki mingga yaqin dunganlar yashaydi. Eng zich dunganlar aholi punkti Dungan mahalla deb nomlanadi. U Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan. Bu xalq madaniyatining chinakam markazi.
Dunganlar mustaqil O‘zbekistonda qayta tiklanayotgan ko‘p asrlik anʼanalarni ehtiyotkorlik bilan saqlamoqdalar. Muzeydagi dunganlar to‘plami 339 ta eksponatdan iborat.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.