O‘zbekiston hududida zargarlik sanʼati qadim zamonlardan maʼlum.
XIX asr va XX asr boshlarida O‘zbekiston zargarlik sanʼati katta yutuqlarga erishganini qayd etish lozim. Buxoro, Xiva, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona vodiysi shaharlari zargarlik buyumlari bilan shuhrat qozongan.
Xalqda sevilgan va qadrlangan barcha buyumlar, usta zargarlar qo‘li bilan bezatilgan: ot jabduqlari, piyolalar uchun g‘iloflar, qurollar, tugmalar, erkaklar kamari va boshqalar. Xalq ustalarining anʼanaviy va erkin ijodiy fikrlashi uyg‘unligida o‘zbek zargarlik buyumlarining o‘ziga xos ajoyib shakllari yaratilgan. Biroq zargarlik mahorati ayollar taqinchoqlari, xususan, to‘y bezaklarida o‘zining eng yuksak kamolotiga yetdi. Zargarlar tomonidan yaratilgan buyumlar yomon ko‘zdan asrash, ularga egalik qilish esa, go‘zallikdan bahramand bo‘lish deb hisoblangan.
Erkaklar zargarlik taqinchoqlaridan o‘yma naqshlar, sirlar, qora kumush, yarim qimmatbaho toshlar bilan hashamdor bezatilgan yirik kamar to‘qalari mashhur. Qo‘shimchalar uchun feruza, aqiq, marjon, sadaf, qimmatbaho toshlar, rangli shishadan foydalanilgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin.