O‘zbekiston kandakorlik sanʼati ustalari

Kandakorlik sanʼati mahsulotlari oftoba, ko‘za, choydish (suv va moy uchun mo‘ljallangan idishlar), laganlar, patnislar, dastshuy – yuvinish uchun tog‘oralar, non va yorma mahsulotlarini saqlash uchun idishlar, satil – chelaklar, qumg‘onlar va samovarlar, chilimlar va boshqa buyumlardan iborat.

Ularning maʼlum bir qismi toshkentlik F. Obidov, G. Tikkayev, M. Madaliyev; qo‘qonlik Ali-Nazar, xivalik Usta Otajon, buxorolik R. Quliyev va boshqa ustalar tomonidan ishlangan. Buxorolik usta Muqaddam Mukarramov va qo‘qonlik hunarmandlar avlodidan yetishib chiqqan mohir usta Lutfulla Fozilovning O‘zbekiston meʼmoriy yodgorliklari tasviri tushirilgan patnislar turkumi ham tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otadi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” kitob-albomida (XXXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.