O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati 2018-yilda dunyoning 300 dan ortiq sharqshunoslari tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Butunjahon jamiyati O‘zbekiston madaniy merosini dunyo madaniy merosi kontekstida saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish sohasida davlat va jamoat tashkilotlari, tadqiqotchilar, ekspertlar, fan vakillari, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi. Davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa manfaatdor tuzilmalar ko‘magida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish va asrab-avaylash bo‘yicha dunyo bo‘yicha 400 dan ortiq olim va ekspertlar, jumladan, Butunjahon jamiyatiga a’zo bo‘lgan jahonning taniqli sharqshunos olimlari faoliyat yuritmoqda.
Ilmiy hamjamiyatning ushbu tashabbusi madaniy merosni asrab-avaylash va yuksaltirish masalalari ilgari surilgan Yangi O‘zbekiston tashabbuslarini amalga oshirishga qaratilgan jamoat, davlat va xalqaro tashkilotlar, shuningdek, ijtimoiy mas’uliyatli biznesni hamkorligining yorqin namunasidir. Bu tashabbus davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Mamlakatimiz rahbari va hukumatining e’tibori tufayli Jamiyat faoliyati o‘zining yuksak natijalarini berayotgani jahon ilmiy hamjamiyati tomonidan allaqachon e’tirof etilgan. Jumladan, milliy va xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda ijtimoiy mas’uliyatli biznes vakillari ko‘magida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqovning “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” mualliflik turkumining 50 jildli kitob-albomlari nashr etildi, u o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi. Bu kitoblar O‘zbekiston madaniy merosi durdonalari haqida qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, dunyoning 30 dan ortiq davlati kolleksiyalariga bag‘ishlangan. Shu bilan birga, ushbu to‘plamlar haqida 30 dan ortiq hujjatli filmlar suratga olindi. Yana o‘n jild nashrga tayyorlanmoqda.
2017-2022 yillar davomida 6-ta xalqaro kongress, 100 dan ortiq taqdimotlar, davra suhbatlari va media-tadbirlari o‘tkazildi, 20 dan ortiq noyob loyihalar amalga oshirilmoqda. Qadimiy va o‘rta asr qo‘lyozmalarining eng yaxshi namunalarining faksimil nashrlari, “O‘zbekistonning 114 Qur’oni” loyihasi, “O‘zbekiston mahallalari”, “O‘zbekiston arxeologik yodgorliklari xaritasi”, “O‘zbekiston me’moriy yodgorliklari katalogi” maxsus multimedia loyihalari, “O‘zbekiston fonogramma-arxivlari”, “O‘zbekiston kartografiyasi”, “Fotosuratlardagi O‘zbekiston tarixi”, “Tarixiy kutubxona” va boshqa ko‘plab loyihalar shular jumlasidandir.
Ayni paytda Butunjahon jamiyatiga dunyoning 40 dan ortiq davlatidan 400 ga yaqin sharqshunos, san’atshunos, tarixchi va etnograflar a’zodirlar.
Eriell Group neft xizmatlari kompaniyasi 6 yildan beri loyihaga homiylik va tashkiliy yordam ko'rsatib kelmoqda.