O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida qanday durdona asarlar saqlanadi?

Alisher Navoiy asarlari esa fondning haqiqiy xazinasi sanaladi.

Ulardan shoir hayotligi davomida ham, undan keyin ham to XIX asrga qadar turli xattotlar tomonidan qayta-qayta nusxa ko‘chirilgan. Ushbu qatorda Navoiy ijodining so‘nggi yorqin namunasi sanalgan uch qismdan iborat bo‘lgan «Mahbub ul-qulub» («Qalbga mahbub hikmatlar») asrini keltirish mumkin. Qo‘lyozmadan 1239/1824 yillarda xattot Xoliqnazar Xalifa ibn usta Qurbon tomonidan qayta nusxa ko‘chirilgan. Shuningdek, 1284/1867 yilda qayta nusxa ko‘chirilgan «Gʻaroyib us-sig‘ar» («Bolalik g‘aroyibotlari») lirik she’rlar to‘plamini ham alohida eslatib o‘tish mumkin.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi haqidagi  boshqa ma’lumotlarni «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining qo‘lyozma va kitob merosi» ( XLI jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.