O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qo‘lyozmalar fondida Qur’on kitobining nodir qo‘lyozma juzlar (qismlar)i saqlanadi.
Masalan, beshinchi qismdagi qo‘lyozma (al-Juz al-xamis li-l-Qur’onil karim) Niso – Ayollar surasining 24 – 147 oyatlarini o‘z ichiga oladi. Zarhal qo‘shimchalar va naqshlar bilan bezatilgan matnlar Amir Temurning nabirasi Boysung‘urning (802/1399 – 837/1433) kitobxonasida ishlagan xattotlar va rassomlar tomonidan yaratilgan. Kitob XV asrda qayta ko‘chirib yozilgan. Qur’on qo‘lyozmasining barcha qismlarini bezatishda Qur’on yoziladigan nasx husnixatining bir turi – muhaqqak husnixatidan foydalanilgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasining qo'lyozma va kitob merosi” kitob-albomida (XLI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.