O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanayotgan Usmon Qur’oni haqida

Qo‘lyozmalar fondida Usmon Qur’onining faksimile nashri ham mavjud.

 

S. I. Pisarev Qur’ondan 50 ta fotonusxa olgan bo‘lib, ulardan 25 tasi sotish uchun mo‘ljallangan, qolgan 25 tasini esa musulmon davlatlariga sovg‘a qilish rejalashtirilgan edi. Savdoga qo‘yilgan nusxalarning har biri 500 rubldan baholandi (1904 yil, 352 bet, 42×33 sm). Bundan tashqari, fondda Qur’onning turli tillarda har xil davrlarda yozilgan, shu jumladan qo‘lyozma nashrlari ham mavjud.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasining qo'lyozma va kitob merosi” kitob-albomida (XLI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.