O‘zbekiston Milliy kutubxonasidagi keng foydalanish imkoniyatlari haqida

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi EIFL xalqaro konsorsiumi a’zoligi doirasida xalqaro konsorsiumining lisenziyali dasturi orqali elektron bazalariga imtiyozli ulanish imkoniyatini yaratdi.

Kutubxona foydalanuvchilari dunyoning turli tillaridagi milliy va xalqaro ta’lim kolleksiyalariga, O‘zbekiston va xorijda yoqlangan dissertatsiyalarning ma’lumot bazalariga kira oladilar.

Kutubxonaning olimlar va tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan ilmiy o‘quv zalida Rossiya davlat kutubxonasining virtual o‘quv zaliga kirish imkoni borligi tufayli foydalanuvchilar Rossiya Federatsiyasida himoya qilingan dissertatsiya va avtoreferatlarni ko‘ra oladilar. 2013 yilda kutubxona butun dunyoning xorijiy jurnallar va gazetalar ma’lumotlari bazasi – “PressDisplay.com”ga kirish imkonini qo‘lga kiritdi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasining qo'lyozma va kitob merosi” kitob-albomida (XLI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.