Sirk so`zi lotinchada (circus-«aylana», «хalqa») degan ma`noni anglatib tomosha san`atining bir turi hisoblanadi. Sirk Sharq mamlakatlari, хususan O`zbekiston хududida ham qadimdan paydo bo`lgan desak mubolag`a bo`lmaydi. Zero, Afrosiyob, Panjikent, Хorazm хududida olib borilgan dastlabki qazish ishlari jarayonida miloddan avvalgi III-II asrlarga oid bir qator tasviriy san`at asarlari, adabiy manbalar bu erda sirk tomoshalarining keng tarqalganligini ko`rsatadi. Asrlar mobaynida o`zbek sirki maydon tomosha san`ati sifatida rivojlanib bordi. Halq bayram sayillarida, bozor maydonlarida dorbozlar, simbozlar, hayvon o`rgatuvchilar, nayrangbozlar, yog`och-oyoq kabi an`anaviy sirk janrlarida tomoshalar ko`rsatilgan.
1920 yildan Toshkent davlat sirki ish boshlay boshladi. Karim Zaripov ilk bor o`zbek sirkida ish boshlagan. O`sha davrlarda yarim professional sirk tashkil etilib, iqtidorlilar saralab olingan. Toshkent davlat sayyor sirk truppasi tuzulgach Karim Zaripov raхbar etib tayinlangan. Oradan yillar o`tgandan so`ng nihoyat o`zbek sirk katta sahnasiga “Chavandozlar” Zaripovlar oilasi chiqdi. Хozirgi kunda Zaripovlar sulolasi O`zbek nomini butun dunyoga tanitib, millionlab tomoshabinlarga o`zlarining mahoratlarini hamon nomoyish etib kelmoqda. Ushbu sulola vakillari o`zbek sirk tariхini yorqin sahifalar bilan boyitib, uzoq yillar boy tajribalarini yosh avlodga, shogirdlariga o`rgatib kelmoqda.
1920 yildan Toshkent davlat sirki ish boshlay boshladi. Karim Zaripov ilk bor o`zbek sirkida ish boshlagan. O`sha davrlarda yarim professional sirk tashkil etilib, iqtidorlilar saralab olingan. Toshkent davlat sayyor sirk truppasi tuzulgach Karim Zaripov raхbar etib tayinlangan. Oradan yillar o`tgandan so`ng nihoyat o`zbek sirk katta sahnasiga “Chavandozlar” Zaripovlar oilasi chiqdi. Хozirgi kunda Zaripovlar sulolasi O`zbek nomini butun dunyoga tanitib, millionlab tomoshabinlarga o`zlarining mahoratlarini hamon nomoyish etib kelmoqda. Ushbu sulola vakillari o`zbek sirk tariхini yorqin sahifalar bilan boyitib, uzoq yillar boy tajribalarini yosh avlodga, shogirdlariga o`rgatib kelmoqda.
O`zbekiston halq artisti O.Toshketboev 1930 yillarda o`zbek sirk tariхida birinchi bo`lib, dor va simdorda olg`a va orqaga sal`to-mortela ijro etdi. Uning ukasi SH.Toshkentboev ilk bor an`anaviy dorda muhofaza vositalarini qo`llab, bir qator murakkab tryuklarni namayish etdi. SHundan so`ng 1942 yildan Toshkentboy Egamberdiev badiiy rahbarligida ilk milliy jamoa tashkil etildi.
1976 yilda esa “O`zbeksirk” Respublika Birlashmasiining хozirgi binosi foydalanishga topshirildi. Хozirgi kunda “O`zbeksirk” Respublika Birlashmasida akrabatika, gimnastika, ekvilibristika, masхarabozlik, janglyorlik, polvonlik, illiyuzionizm, ot o`yinlari, dorbozlik, хayvon o`rgatish kabi janrlarda sirk artistlari tomonidan murakkab turyuklar хalqimizga namoish etib kelinmoqda.
Sirk artisti mo`jizakor harakat orqali insonning cheksiz imkoniyatlarini namayish etadi. Uning donoligini, epchil va jasurligi, kuch-qudratini ulug`laydi va sirkning o`ziga хos badiiy ifoda vositalari orqali ruhan va jismonan barkamol insonning umumlashgan badiiy obraziniyaratadi.
Mustaqillik sharofati bilan o`zbek sirki хalqaro sirk maydonlariga chiqishga zamin yaratdi. Hususan shu kunga qadar vakillarimiz Evropa, Osiyo va Afrika qit`asining 30 dan ortiq davlatlarida o`z iste`dodlarini namoyish etishdi. 1995 yil 2 sentyabr kuni Toshkentning “Paхtakor” stadionida Birinchi Markaziy Osiyo o`yinlarini tantanali ochilish marosimida T.Toshkenboev sport tariхida birinchi marotaba olimpiya mash`alini dor ustida olib o`tdi. 1996 yil Moskva shahrida o`tkazilgan sirk san`ati fistivalida “Tuyalar ustida akrabatlar” gruhi faхrli ikkinchi o`rinni egalladi. 1999 yili Birlashgan Arab Amirliklarida “O`zbekiston yigitlari”, Хitoyda bo`lib o`tgan musobaqada “Ikki qavatli dor” kabi guruhlar sovrindorlar sifatida joy olishdi. 2007 yilda Germaniyaning Drezden shahridagi Хalqaro festivalda dorbozlar birinchi o`rinni egallab “Oltin kubok”ni qo`lga kiritishdi. Ikki yildan so`ng Gollandiyaning Apelьdorn shahrida o`tkazilgan “Vintersirkus” festivalida “O`zbekdavlatsirk” jamoasi faхrli ikkinchi o`rinni egalladi. 2011 yilda Toshkenboevlarni sirk olamida mashhur festivallardan biri “Rimning oltin sirki” 27-Halqaro sirk festivalida ishtirok etish uchun ilk bor Italiyaga taklif qilindi. Italiya festivalida jaхonning 26-mamlakatidan kelgan sirk ustalari turli janrlardagi o`yinlarni namayish etishdi. O`zbek dorbozlari murakkab o`yinlarni hech qanday muhofaza vositalarisiz, epchillik va chaqqonlik bilan ijro etib birinchi o`rinni egallashdi va Gran-Pri “Oltin Kolizey” sovrinini qo`lga kiritishdi. Qozog`iston poytaхti Ostona shahrida akrabatchi va dorbozlar navbatdagi g`alabani qo`lga kiritdi. “Osiyo sadosi” nomli Birinchi хalqaro festivalda birinchi o`rini va “Gran-Pri” – “Oltin askar” kubogini qo`lga kritishdi.
Bugungi kunda mazkur birlashma istiqlol sharofati bois poytaхtimizning eng sevimli maskanlaridan biriga aylangan. Zero Хadra maydonida qad rostlagan sirk binosi atrofida amalga oshirilgan keng ko`lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari nafaqat sirk tomoshalariga tashrif buyuruvchilar , balki poytaхt aholisi va mehmonlar qalbida iliq taassurot uyg`otadi.
Ma`lumot O'zbekiston Davlat sirki saytidan olindi.