O‘zbekistonda 350 dan ortiq muzey va muzey faoliyati bilan bog‘liq ko‘rgazma muassasalari mavjud.
Madaniyat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 90 tasi davlat muzeylaridir.
Xususan, Madaniyat vazirligi tizimida 79 ta (shundan 32 tasi filial) muzeylar faoliyat ko‘rsatadi…
MUZEYLAR (yun. musion — muzalarga bagʻishlangan joy) — tarixiy, moddiy va maʼnaviy yodgorliklarni toʻplash, saqlash, oʻrganish va targʻib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiymaʼrifiy muassasalar.
Muzeylar xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, sanʼat asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hoz. davrgacha boʻlgan tarixiy qimmatga ega qoʻlyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi.
Oʻzbekistonda Muzeylar 19-a. ning 2-yarmida tashkil etila boshlagan. 20-a. boshida Oʻzbekistonda faqat 3 muzey — Toshkent oʻlkashunoslik muzeyi (1876, hoz. Oʻzbekiston tarixi muzeyi), Samarqand xalq muzeyi (1896, hoz. A. Ikromov nomidagi Oʻzbekiston xalqlari madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi), Fargʻona xalq muzeyi (1899, hoz. Fargʻona viloyat oʻlkashunoslik muzeyi) bor edi. Ularning toʻplamlari kam, ekspozi-siyalarining kupi tasodifiy materi-allardan tashkil toptan. 20-a. 20-y. laridan turli sohadagi Muzeylar tashkil etila boshladi. Muzeylar va madaniyat yodgorliklari davlat ixtiyoriga oʻtkazilib, muhofaza qilina boshlandi. Ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirilib, Muzeylar uchun kolleksiyalar toʻplash ishi yoʻlga qoʻyildi, koʻplab Muzeylar tashkil etildi. Hozir Oʻzbekistondagi Muzeylarning asosiy qismi Oʻzbekiston madaniyat ishlari vazirligi qaramogʻida. Yirik Muzeylar: Oʻzbekiston tarixi muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston sanʼat muzeyi (1918), A. Ikromov nomidagi Oʻzbekiston xalqlari madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi, Oʻzbekiston tabiat muzeyi (1876) va b., Respublikaning deyarli barcha viloyatlarida oʻlkashunoslik Muzeylari, jahon ahamiyatiga molik memorial Muzeylar bor.