Muzyelardagi eksponatlar asosan tarixiy, moddiy va maʼnaviy yodgorliklar hisoblanadi.
Muzey bu - toʻplash, saqlash, oʻrganish va targʻib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy-maʼrifiy muassasadir.
Maʼlumotlar — hozirgi zamonaviy muzeylarning koʻplariga tadqiqot va taʼlim-tarbiyaviy vazifalarning bir butunligi xos hisoblanadi va muzeyning oʻziga xos ilmiy ommaviy va tarbiyaviy shakllari — ekspozitsiya, koʻrgazmalar hamda zamonaviy ilmiy tasnifda muzey tur va sohalar boʻyicha farqlanadi…
Muzey katta ilmiy tadqiqiy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi: toʻplamlarni butlaydi va oʻrganadi; ilmiy hujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini saqlash va taʼmirlash tartibini yaratadi, monografiya, katalog, yoʻl-koʻrsatkichlar nashr etadi; zamonaviy muzeyshunoslik ishlab chiqqan ilmiy usul va metodologiya asosida ekspozitsiyalarda ilmiy tashviqotlar olib boradi. Tomoshabinlar bilan ishlashning eng muhim shakli ekskursiyadir.
Ijtimoiy vazifasiga koʻra ilmiy tadqiqot-maʼrifat (muzeyning asosiy qismini tashkil etadi, baʼzan ular xalq muzeyi, ommaviy muzey deb ham ataladi), tadqiqot (ilmiy tadqiqot institutlari qoshida oʻziga xos laboratoriya vazifasini oʻtovchi) va oʻquv muzeyiga boʻlinadi. Sohalar boʻyicha tarix, qishloq xoʻjaligi, tabiatshunoslik, sanʼatshunoslik, adabiyot, texnikaga oid va boshqa muzeylarga boʻlinadi. Shuningdek, muzeyning memorial muzeylar, majmua oʻlkashunoslik kabi turlari bor.