O‘zbekistondagi tezkor haykaltaroshlik

1970 yildan to shu kungacha D. Ro‘ziboyev, A. Xotamov, T. Tojixo‘jayev, J. Quttimurodov, M. Oblaqulovning ijodida tezkor haykaltaroshlik faol rivojlandi.

DSM kolleksiyasida ulardan ko‘plarining asarlari o‘rin olgan. Milliy va umuminsoniy mavzu, yangi ifodaviy-plastik vositalar, obrazli jarangning boyishi, yuqori professionalizm – bularning bari nomi zikr etilgan rassomlarning ijodiy izlanishlari uchun xarakterli. Ularning ijodida tezkor haykaltaroshlik muayyan «bo‘yoqdorlik», plastiklik kasb eta boshlaydi. Bu plastika muayyan holatni, psixologik kayfiyatni, ichki kechinmalarni va arang nafas olayotgan qalb harakatini ochib bera olishi bilan jarangdor. 

Yuqorida nomlari zikr etilgan mualliflar – qadrdon o‘lkasi, uning madaniyati va urf-odatlari bilan chambarchas bog‘liq ulkan ijodiy imkoniyatga ega rassomlar. Keng assosiativ qator, yumshoq plastiklik, milliy o‘ziga xoslikni axtarish ularga xos xususiyat. Bu syujetlar va tipajlarni tanlashda, asarlarning umumoptimistik obrazli jarangida namoyon bo‘ladi.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

O‘zbekistondagi tezkor haykaltaroshlik
O‘zbekistondagi tezkor haykaltaroshlik