Fotosuratchilar diqqatini ayniqsa, hozirgi O‘zbekiston hududining markaziy tumanlari o‘ziga jalb qilar edi.
Bir tomondan bu yerlarga Rossiya hukumati qo‘llab-quvvatlashi natijasida 1880 yillari qurila boshlagan temir yo‘llari vositasida yetib borish qulay edi. Sharoitlar bor edi. Eng asosiysi, Buxoro, Samarqand, Xorazm va Toshkent vohalarida, Farg‘ona vodiysida eng qimmatbaho, bebaho tarixiy obidalar, shaharsozlik yodgorliklari, badiiy hunarmandchilik, kasanachilik va naqshinkor bezak san’ati namunalari jamlangan va yaxshi saqlangan edi. Eng birinchi fotosuratlar 1858 yilga tegishli. Bu suratlar jamlangan albom: «Orenburgdan Xiva orqali Buxoroga qadar. Artilleriya podporuchigi Murenkoning xos xotiralari» deya nomlangan. Albomdan 28 fotosurat o‘rin olgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.