O‘zbekistonning ilk rassomlari: An’analardan yangi san’at sari

O‘zbekiston o‘zining betakror meʼmoriy obidalari, miniatyurasi, anʼanaviy badiiy hunarmandchiligidan iborat ko‘p asrli ulkan tarixiy-madaniy merosga ega. Bu mintaqada Yevropa dastgohli sanʼati hisoblangan rassomlik, grafika va haykaltaroshlikning taraqqiy topishi XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi.

Mohir musavvir bo‘lib yetishish uchun ular Rossiya imperiyasining Yevropa qismidagi badiiy maktablarga o‘qishga ketganlar, keyin esa vatanga qaytganlar. Shunday qilib, o‘zbek rassomlarining birinchi avlodi vakillari ikkita madaniy anʼana – rus (Yevropa) va mahalliy (O‘rta Osiyo, o‘zbek) anʼanalarning sohiblari bo‘lishgan. O‘rta Osiyo ular uchun ekzotika emas, balki ularning hayoti va olamni badiiy idrok etishining uzviy qismi bo‘lgan (L. L. Bure, A. N. Volkov).

1930-yillarda Moskvadagi Sharq davlat muzeyida O‘zbekiston tasviriy sanʼati kolleksiyasini tuzishga kirishdilar. Bugungi kunda SHDM O‘zbekiston tasviriy sanʼati to‘plami 60 dan ortiq muallifning 450 tadan ortiq asarlarini o‘z ichiga oladi. L. L. Bure, A. N. Volkov sanʼat asarlari shular orasida.

Batafsil "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi “Sharq davlat muzeyi to‘plami» (I jild) kitob-albomida o‘qishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell Group neft xizmatlari kompaniyasi.