Oʻzbekistonning qadimiy shaharlari — Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qoʻqon — yodgorlik shaharlaridir.

Oʻzbekistonning qadimiy shaharlari — Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qoʻqon — yodgorlik shaharlaridir.

   Ushbu zaminda bugungi kungacha saqlanib qolgan me'moriy yodgorliklarni jahon sivilizatsiyasi qadriyatlariga, haqiqiy san'at asarlariga ishonch bilan bog'lash mumkin.

1. Buxoro — O'zbek xonligi poytaxti!
Ushbu shahar Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan.
    Buxoro shahri sharqning mashhur qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Buxoroga miloddan avval VI asrda asos solingan.
    Bu shaharning har bir go'shasida – boy tarixga ega minoralari, osori- atiqalari, muqaddas qadamjolari va obidalarida olis o'tmishning aks-sadosi, qoldirgan izi bor.

2. Samarqand jahonning eng qadimgi shaharlaridan biri hisoblanadi.
    Samarqand miloddan avval IV asrdan milodiy VI asrgacha Sugʻd davlatining poytaxti boʻlgan. Arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, yuqori paleolit davrida ham Samarqand hududida odamlar yashagan...
    Samarqand bunyod boʻlganidan buyon u Oʻrta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida katta mavqega ega boʻlib keldi. Shaharning Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashganligi, bu yerda qadimdan hunarmandchilikning shoyi toʻqish, mashhur Samarqand qogʻozi ishlab chiqarish, kulolchilik, temirchilik, novvoylik, qandolatchilik, badiiy kashtachilik va boshqa turlari hamda savdosotiq ishlarining rivojiga turtki boʻldi.

3. Xiva – Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar millodan avvalgi 5-asrda barpo etilgan va uning nomi shaharning qad. qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq.
   Xiva oʻzining tarixiy oʻtmishi, meʼmoriy tuzilishi, obidalarining yaxlit saqlanganligi jihatidan mazkur qad rostlagan shaharlar orasida alohida alohida oʻrin tutadi.
    Yer kurrasida mashhur boʻlgan Qohira shahriga tengdosh boʻlgan bu shaharning Ichan qalʼa qismi 1990-yil Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. 
    Dunyoga al-Xorazmiy, Najmiddin Kubro, Shihabuddin Xivaqiy, Pahlavon Mahmud, Muhammad Rahimxon (Feruz), Munis va Ogahiy kabi buyuk zotlarni yetkazib bergan azim zamin hisoblanadi.

4. Shahrisabz — O‘zbekistonning qadimiy va go‘zal shaharlaridan biri bo'lib, tarixiy markazi YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 
   Buyuk sarkarda Amir Temur shu shaharda tug‘ilgan.
   Shaharga millodan avvalgi 1 ming yillikning oʻrtalarida asos solingan va ilk oʻrta asrlarda turli nomlar bilan atalgan.
  Shahrisabzda mashhur bo'lgan joylar mavjud bo'lib, ular: 
 Qadimgi Oqsaroyning xarobalari,
 Ko‘k gumbaz masjidi,
 Dor ut-Tilovat yodgorlik majmuasi.
 Dorus-Saodat,
 Shamsad-Din Kulyal,
 Gumbazi-Seyidon maqbaralaridir.

5. Termiz — Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining shakllanishida Termizning oʻziga xos oʻrni bor.
   Koʻxna Termizning qalʼa qismida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalarning tahliliga koʻra shaharga millodan avvalgi 1ming yillikning oʻrtalarida asos solingan.
   Termiz shahri koʻplab katta voqealar va larzalarni boshidan kechirgan. Butun tarixi davomida Termiz Markaziy Osiyo xalqlari madaniy taraqqiyoti va oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida muhim rol oʻynagan. «Buyuk Ipak Yoʻli»ning asosiy chorrahalaridan biri sifatida dunyo sivilizatsiyasi rivojiga sezilarli darajada hissa qoʻshgan qadim shahardir.

6. Qo‘qon — Uning alohida shahar sifatida birinchi marta qayd etilishi uzoq X-asrga borib taqaladi.
   O‘zbekiston hunarmandchiligining poytaxti!
   Buyuk Ipak yo‘lidagi eng qadimiy shahar. Shahar hashamatli yodgorliklarga va ulug‘vor madrasalarga boy va bu ajablanarli emas, chunki Qo‘qon ilm-fan rivojlanishining  markazi bo'lgan.
   Kulolchilik ustaxonalari sonining hisobi yo‘q.
   Qo‘qondagi fotosessiyalar uchun eng yaxshi joylardan biri bu Xudoyorxon saroyidir! Ushbu bino g‘ayrioddiy meʼmorchiligini hisoblanadi