O‘ziga xos Marig‘ilon do‘ppilari

Do‘ppilardagi shakl, rang va naqsh bezaklari maʼlum bir hudud aholisi turmush tarzining o‘ziga xos xususiyatini aks ettiradi.

Do‘ppilar oltita asosiy guruhga bo‘linadi: Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo-Surxondaryo va Xorazm-Qoraqalpoq.

Uzunchoq, ravon, ingichka qalampirli Marg‘ilon do‘ppilari Chust do‘ppilariga juda yaqin. Marg‘ilonlik ayollar do‘ppilarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, yaxlit iroqi chokli kashta va «gullayotgan tup» naqshi shoxlariga baʼzan yashil yoki ko‘k bulbullar (baxtiyorlik timsoli) joylashtirilgan. Marg‘ilonda ular bulbul nusʼha deb nomlanadi. Iroqi do‘ppilar naqshlarida alohida so‘zlar yoki butun iboralar, ayol va erkak ismlari bo‘lishi ham mumkin.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.