O‘zining xattotlik to‘plamini muzeyga meros qoldirgan olima

Shtutgartdagi Linden nomidagi muzey Yevropadagi eng mashhur etnologiya muzeylaridan biridir. Uning taxminan 150 000 ashyodan iborat to‘plami – uy-ro‘zg‘or buyumlari, yuksak mahorat bilan ishlangan badiiy asarlar, shuningdek, fotosuratlarning ajoyib jamlanmasini o‘z ichiga oladi.
       
Muzeydagi Sharq bo‘limining yuksak xalqaro obro‘ga egaligi undagi ashyolarning Sharq, shu jumladan O‘rta Osiyoga tegishliligi bilan ham belgilanadi. Ko‘rgazmalar va nashrlar tufayli mazkur to‘plam katta shuhrat qozongan. Xususan, 1995 yili Shtutgartda «Ipak yo‘li vorislari – O‘zbekiston» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu O‘zbekiston – yosh va mustaqil davlat o‘z badiiy merosini vaqtinchalik taqdim qilgan birinchi xalqaro ko‘rgazma bo‘lgandi.
      
1990-yillarda Y. Kalter kitobat sanʼatiga oid to‘plamni ancha kengaytirishga erishgan. Sanʼat asari sifatida kitobning madaniy-tarixiy hamda to‘plam va ko‘rgazmabop ahamiyatini nazarda tutib, ushbu jarayonni juda muhim deb bilamiz. Ko‘proq fors kitobat sanʼati bilan bog‘liq katta bir to‘plamni sotib olish chog‘ida Kalter professor Annemari Shimmel bilan maslahatlashgan. Muzeyning do‘stiga aylangan olima o‘zining xattotlik to‘plamini to‘laligicha muzeyga meros qoldirgan va 2003 yili u muassasaga o‘tgan.  To‘plamda Qurʼonning ilk – teri varaqlaridan XX asr oxiri xattotlik namunalarigacha bor. Ammo to‘plam durdonalaridan biri bu Sulton Husayn Boyqaro devonining birgina varag‘idir, albatta.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Germaniya Federativ Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.