Ayrim fotosuratlarda O‘rta Osiyoda yashaydigan, Zarafshonning o‘rta va quyi oqimi yo‘nalishidagi qishloqlarda, Samarqanddan to Qorako‘l vohasiga qurgan arablar tasvirlangan.
O‘rta Osiyoda islom dini va madaniyatini tarqatgan arablarning bu vakillari o‘tgan asrlar davomida o‘zbeklar orasida yashab, o‘zbeklar tili, madaniyati va yashash tarzini o‘zlashtirdilar, ammo o‘zlari kimlarning avlodi ekanini unutmadilar, uzoq o‘tmishdan meros bo‘lgan ko‘plab urf-odatlari, anʼanalari, kiyim-boshlari, taqinchoqlari, hunarlari va kasblarini asrab-avaylab, saqlab qoldilar.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.