Parijda islom kitobat san’atiga bag‘ishlangan birinchi ko‘rgazmani kim tashkil etgan?

Fransiyalik mashhur kolleksiyachilaridan biri Jorj Martodir. U Markaziy maktab muhandisi bo‘lgan.

U Anri Vever (1854—1952) bilan birga 1912 yilda nodir kitoblar va buyumlar saqlanadigan Parijdagi dekorativ san'at muzeyida Islom kitobat san'atiga bag‘ishlangan birinchi ko‘rgazmani tashkil etdi. 1913 yilda ko‘rgazma davomida nafaqat miniatyuralar, balki muqovalar, xattotlik, kolofon, qog‘oz va bezakli tasvirlar jamlangan va o‘rganilgan katalog nashr etildi. 

Marto fors tasvirli bezak, xattotlik va rassomlik san'atiga qiziqardi, shuningdek, uning kolleksiyasida Movarounnahrning o‘ta nafis san'at asarlaridan namunalar ham bor edi. Birinchidan, bu Marto parijlik san'at buyumlari savdogaridan sotib olgan, ayni davrda FMKda “Supplément persan 1955” raqami ostida saqlanayotgan, Mir Ali xattotlik husnixati bilan Buxoroda yaratilgan albom varag‘idir.

Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «MOVAROUNNAHR BЕZAKLI QO‘LYOZMALARI FRANSIYA TO‘PLAMLARIDA» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.