Parijlik sayyoh Eduard Blanni markaziy osiyoga sayohati...

Parij Geografiya jamiyatining vakili Eduard Blan 1890—1891 yillarda Markaziy Osiyoga ekspeditsiya uyushtiradi.

Safar davomida u bir qancha qo‘lyozmalar bilan tanishib, ularni olib ketib Frantsiya milliy kutubxonaga topshiradi.

Eduard Blan suratchi Pol Nadar bilan birga Farg‘ona, Pomir, Qashqar va Tyanshanь hududlarini tadqiq etib, hududning geografiyasi, flora va faunasini, etnologiya va arxeologiyasini, shuningdek, temir yo‘llar qurish imkoniyatlarini ham o‘rgangan. U 1894—1895 yillarda yana bir bor Turkistonga tashrif buyuradi. U sotib olgan fors qo‘lyozmalaridan biri miniatyuralar bilan bezatilgan bo‘lib, movarounnahrlik musavvirlar tomonidan ishlangan. Shuningdek, qo‘lyozma «Farruhzod haqida hikoya» va «Nuh Manzar» (Supplément persan 2038) hikoyalarini ham o‘z ichiga oladi. Afsuski, qo‘lyozma to‘liq shaklda emas: uning sanasi XVI asrning boshlariga to‘g‘ri keladi va miniatyuralar uslubi Shohruhiya maktabi uslubiga yaqin. Kitobdagi muhrga ko‘ra, ilgari bu qo‘lyozma Ali Muhammadbek Vali o‘g‘li qo‘lida bo‘lgan.

Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «MOVAROUNNAHR BЕZAKLI QO‘LYOZMALARI FRANSIYA TO‘PLAMLARIDA» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.