Shahrisabzdagi “Dor ut-tilovat” majmuasining asosiy yodgorligi sanalgan Ko‘kgumbaz jome masjidi peshtoq ustunlari qanotlarida joylashgan guldasta minoralar turli xildagi handasaviy shakllarni o‘zida mujassamlashtirgan naqshlar bilan bezatilgan. Xilma-xil ranglar jilosi – ultramarin fon, naqshlarning qora, sariq va feruza ranglari – kashtani eslatuvchi umumiy naqsh bilan ajoyib bir tarzda uyg‘unlashib ketgan.
Binobarin, bu yerda ham muvaffaqiyatsiz chiqqan restavratsiyani ko‘ramiz. Naqshga qora fonli to‘g‘ri burchakli kitobalar chizilgan bo‘lib, ularning ichida – “Muhammad” ismi juft tarzda takrorlangan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.