Rossiya milliy kutubxonasida Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning jiyani va kuyovi imom Аli ibn Аbu Tolib (r.a.)ga nisbat berilgan «Nasr al-la'aliy min kalam Аmir al-Muʼminin Аli» — hadislar to‘plami ham o‘rin olgan.
Ushbu to‘plamning nomlanishidan ham bilish mumkinki, unda imomning nasriy mulohazalari to‘plangan. Maʼlum bo‘lishicha, Аli nazmiy qobiliyatga ham ega bo‘lib, u diniy mazmundagi sheʼrlar ham yozgan. Hadislar alifbo tamoyiliga muvofiq, tartibga solingan, birinchi harf bo‘ylab har bir keyingi harfni hoshiyada ko‘rish mumkin. Muqova qalin qog‘ozli to‘q jigarrang charm bilan qoplangan, xira jilosi saqlanib qolgan. «Zanjir»li ingichka hoshiya va burchak bezaklari — «to‘qima» naqshli uchburchaklar, o‘rta nishon hozir ham charm parchalari yopishtirilgan, tasma tutashtirgichida usti zarhal fondagi charm to‘r qoplangan. Bezaklar uslubidan ham ular muqovaning ichki tomoniga tegishli ekanligini bilish mumkin. Hozir muqovaning ichki tomoni kulrang restavratsiya qog‘ozi bilan qoplangan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, mazzkur to‘plam hijriy 862 yil safar, milodiy 1457 yil dekabr—1458 yil yanvar oylarida Samarqandda xattot Аbdulloh al-Hiraviy tomonidan ko‘chirilgan. Uni Rossiya milliy kutubxonasiga 1869 yil D.O.Petrov taqdim etgan.
Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «XV–XVII ASRLAR MOVAROUNNAHR KITOBAT SAN'ATI» kitob-albomida (XVII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.