Chexiya Respublikasi davlat madaniy muassasalarida O‘zbekistondan keltirilgan san’at ashyolari oz bo‘lsa-da, o‘zbek madaniy merosining o‘ziga xosligini ko‘rsatib beruvchi ajoyib to‘plamlarda aks ettirilgan.
O‘zbekiston manbalarining eng to‘liq va keng ko‘lamli to‘plami milliy muzey – Naprstek nomidagi Osiyo, Afrika va Amerika madaniyatlari muzeyidan joy olgan.2012 yili Pragada ingliz tilida nashr etilgan «Chex sayyohlari va to‘plovchilari O‘rta Osiyoda.
Naprstek nomidagi milliy muzey to‘plamlari» nomli monografiyada mazkur to‘plamga mutaxassislar nuqtai nazaridan baho berilgan. O‘zbekistondan keltirilgan buyumlarning kichik to‘plami Praga milliy galereyasidan ham o‘rin olgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Chexiya Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XVI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.