Naqshlar asosan ochilib turgan gullardan iborat bo‘lgan.
Ularning orasida eng ommalashganlari to‘r gul va palmetta guli hisoblangan. Shuningdek, naqshlarda hayvonlar va kundalik hayotda ishlatiladigan maishiy buyumlar tasviri ham uchraydi. Ularning shakli o‘simliklarga taqqoslab chizilgan. Gullarni har doim ham, masalan, turk kashtalaridagidek, bir-biridan farqlash oson bo‘lmagan. G. Chepeleveskaya fikriga ko‘ra kashtachilar aniq nom bergan gullardan biri bu gulsapsardir. Shu bilan birga so‘zanaga lola, chinnigul, gulxayri va olma guli, mevalardan – anor, olcha yoki gilos, ko‘knor va qalampir tasvirlari ishlatilgan. Ba’zi hollarda o‘simlik naqshlari shunchaki gul ma’nosini аnglatgan.
O. Suxareva10 o‘zining etnografik tadqiqotida asosiy e’tiborni azaldan balo-qazolardan asraydigan buyumlar tasvirlangan naqshlarga qaratgan. Masalan, qayrilgan pichoq o‘simlik ko‘rinishiga o‘xshab barglar bilan o‘ralgan. Bu pichoqqa ega bo‘lgan insonga yomon ruhlar ta’sir o‘tkaza olmagan. Shuningdek, qalampir yomon kuchlarni haydaydi, bodom bolalarni yomon ko‘zlardan asraydi, deb hisoblashgan. Qadimdan anor ko‘p joylarda, jumladan O‘zbekistonda ham serfarzandlik belgisi hisoblangan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Chexiya Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XVI jild) tanishishingiz mumkin.