Qardosh Tojikiston yurtining tarixchi olimlari “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to’plamlarida” turkumidagi kitob albomlarini o'rganish ishtiyoqida
Bugun O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatiga Akademik Bobojon G'ofurov nomidagi Xo'jand Davlat universiteti "Tarix va huquq" fakulteti dekan o'rinbosari, tarix fanlar nomzodi, dotsent Abdukarim Jamoliddinov tashrif buyurdi.
Xo'jandlik tarixchi olim Tojikistonda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to’plamlarida” turkumidagi kitoblarni o'rganish va shu asosda ilmiy ishlar olib borishga qiziqish katta ekanligini ta'kidladi.
Olimning aytishiсha, Xo'jand davlat universitetidagi amaliy san'at, etnografiya yo'nalishidagi tarixchliar ilmiy izlanishlarini olib borishda, O'rta Osiyo tarixini o'rganish va tadqiq etishda ushbu to'plamlarning ahamiyati katta ekan. Shu bois olimlar o'z ilimiy kutubxonalarini mazkur kitoblar to'plami bilan boyitish niyatidalar.
Ishonamizki “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to’plamlarida” loyihasi O'rta Osiyo, turkiy, forsiy xalqlarning tarixi, madaniy merosini o'rganish, saqlash va targ'ib etishda bebaho imkoniyat, maxsus platforma vazifasini o'taydi.