Xorazm, Buxoro-Samarqand, Farg‘ona kabi o‘zbek kandakorligining mintaqaviy maktablari buyumlarining shakli, bezak xususiyati va naqsh berish usullari bilan alohida ajralib turadi.
Qarshi va Shahrisabzning mahsulotlari o‘zining turli shakllari va o‘ymakorlik uslubidagi bezaklari bilan ajralib turadi. Qarshining sharsimon korpusi, baland va ingichka bo‘g‘zi hamda shakl berilgan tutqichli oftobalari o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Shahrisabzlik hunarmandlar kandakorlik uslubida ishlangan idishlarni bezashda qoliplangan qoplama detallardan, feruza va rangli shisha qadab bezatilgan medalyonlardan foydalanishgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” kitob-albomida (XXXIX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.