Qashqadaryo va Surxondaryo qo‘ng‘irotlarining gilamchiligi

Qashqadaryo va Surxondaryoda gilamdo‘zlik bilan arablardan tashqari o‘zbek xalqining sobiq eng yirik subetnik tarkibiy qismi bo‘lgan qo‘ng‘irotlar ham shug‘ullanishgan.

 

Hunarmandchilikning bu turi Dehqonobod (Qashqadaryo) va Boysun (Surxondaryo) tumanlari qo‘ng‘irotlari orasida keng tarqalgan. Mahsulotning asosiy turlari – silliq yungli gilamlar va g‘ajari, qoxma, taqir texnikasidagi gilam mahsulotlari, tikilgan gilamlar, julxirsi, qisqa yungli gilamlar, yumshoq gilamlar. Shuningdek ehtiyoj yuqori mahsulot turlariga napramach, choyshablar (digil yoki digdiga jo‘l), bo‘g‘joma, xurjunlar, dasturxon, joynamoz, ishlik xalta va qoshiq xalta kirgan. Dastgoh – yotiq, tor g‘altakli, ashyolari – qo‘y yungi, paxtali iplar. Bo‘yoqlar – tabiiy (ro‘yan, daraxt qo‘ziqorini, so‘rg‘ich ildizi va boshqalar), XX asr boshlaridan anilinli. Texnologiyasi singari qo‘ng‘irot gilamlari bezagi ham konservativ bo‘lgan. Anʼanalar barqarorligi esa nasl buzilmasligi tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, madaniy o‘zligini saqlab qolish maqsadida aralash nikohlardan voz kechish odati urf bo‘lgan. XX asr davomida qo‘ng‘irotlarda gilamdo‘zlik nisbatan jadallik bilan rivojlandi. Bu qo‘ng‘irotlarning hamon xo‘jalik yuritishning chorvachilik turiga va o‘z madaniy anʼanalariga sodiq bo‘lib qolganligi bilan bog‘liq. Bugungi kunda qo‘ng‘irotlar gilam mahsulotining asosiy ishlab chiqaruvchilaridir. 

Laqaylar gilamchiligi Yirik qabila birlashmalaridan biri o‘zbek laqaylaridir. Qo‘ng‘irotlar kabi laqaylar dashti qipchoq qabilalaridan bo‘lgan. B. X. Karmishevaning maʼlumotiga ko‘ra, XIXasrning birinchi yarmidan boshlab ular qatag‘on qabilasi birlashmasi (mazkur qabilaning asosiy qismining o‘z yurti – Qunduz) tarkibiga kirgan. Laqaylar yaylov chorvachiligi va dehqonchilik bilan shug‘ullanishgan, qabilaviy yaxlitlik va mustaqillikni saqlab qolishgan. Buxoro amirligi tashkil topishi bilan laqaylar istiqomat qilgan hududlar – bugungi O‘zbekiston va Tojikiston janubining tog‘li vodiylaridagi keng yaylovlar, Afg‘oniston shimolidagi Balx va Qunduz atrofidagi viloyatlar mazkur davlatning tarkibiy qismiga aylandi.

 

 

ovet hokimiyati o‘rnatilishi bilan laqaylarning bir qismi Shimoliy Afg‘oniston (Qunduz viloyati) hududlarida qoldi, biroq aksariyati Amudaryoning shimoliy qirg‘og‘idagi yerlardan, Tojikiston hududidan qo‘nim topib, kolxoz hayotiga qo‘shilib ketdi. Hozirgi kunda Tojikiston laqaylari o‘zbek etnik guruhi sifatida o‘z madaniyatini saqlab qolmoqda. Laqaylar (ularga o‘xshash mahsulot ishlab chiqargan qo‘ng‘irotlardan tashqari) Boshqa qabila jamoalari mahsulotidan ajralib turadigan kashta tikilgan yupqa paloslar, shuningdek turli chodir jiyaklari va uy buyumlari (mapramach) uchun xaltalar, turli kigiz gilamlar ishlab chiqarishgan. Yungli texnika ko‘p hollarda xaltalarning yuz tomoni uchun ishlatilgan. Gilamlar yotiq dastgohda to‘qilgan. Gilamlar rangida laqaylarning mashhur kashtachiligidagi kabi nafis yorug‘-qizil tus ustunlik qiladi. 

Hozirgi kunda mazkur etnik guruhning gilamlari butun dunyodagi ko‘plab xususiy va davlat muzeylari kolleksiyasining faxri hisoblanadi. Ular maxsus bezaklari bilan jalb etib, rasmning oddiyligida sehr-jodu kuchi va jumboqli obrazlar yashiringan.

Mavzu doirasida batafsil: “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston gilamdo‘zligi: asrlarga tengdosh an’ana” kitob-albomida (XIV jild) tanishishingiz mumkin. Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.