Qashqadaryo xotin-qizlar liboslari ikki turdagi – buxorolik ayollarnikiga o‘xshash yengi tizzagacha tushib turadigan uzun va keng yoki kalta hamda keng tunikasifat ko‘ylakdan iborat bo‘lgan.
Ayrim shahar va tumanlarda ayollar bir yo‘la bir necha ko‘ylak kiygan (ba’zida 3 – 4 va bu ayolning ijtimoiy maqomidan darak bergan). Ichki oq ko‘ylakning yengi uzun bo‘lib, uning uchi etak singari kashta bilan bezatilgan. Qimmatbaho matodan tikilgan ustki ko‘ylak yengi esa keng va kalta bo‘lib, uning ostidan ichki ko‘ylak yengi ko‘rinib turishi lozim edi.
Ayollar ko‘ylagining bo‘yin qismi uchburchak yoki burunsimon, qizlarniki esa gorizontal shaklga ega edi. Bo‘yin qismining har ikki tarafida etakka yetmasdan birlashtirilgan hamda ikki qator qilib to‘qilgan jiyak yoki naqsh ayollar libosining bayramona bezagi bo‘lgan.
Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.