Varshavadagi Osiyo va Tinch okeani muzeyi, shuningdek, muzey kolleksiyalarini O‘zbekistonning turli hududlariga xos kashtado‘zlik uslubi bilan bezatilgan ko‘plab bosh kiyimlari ham boyitib turibdi.
Do‘ppi nomi bilan mashhur bo‘lgan, dumaloq yoki kvadrat asosli, tekis yoki konus shaklidagi peshonali, geometrik
va gulli naqshlar bilan bezatilgan kalta, yumshoq yoki qattiq bosh kiyimi o‘zbek liboslarining erkaklar ham, ayollar ham kiyish shart bo‘lgan kiyim turlaridan biri sanaladi.
To‘rt qismdan tikilgan, to‘rtburchak asosli va do‘ng peshonali, o‘ziga xos erkaklar do‘ppilari (tus-to‘ppi, do‘ppa) eng katta guruhni tashkil etadi. Bu turdagi bosh kiyimlar – o‘zbek va tojiklar boshining orqa tomoniga qo‘yib kiyadigan eng ommalashgan kundalik kiyim turi hisoblanadi. Ular to‘n, deb ataladigan an’anaviy shakldagi choponlar bilan ham, shuningdek zamonaviy uslubdagi shaharcha kiyimlar bilan ham kiyilaveradi. Muzeyda saqlanayotgan eng qadimiy bosh kiyimlari orasida kashtalar bilan bezatilgan qoramtir baxmal telpaklar ham
bor. XX asrning birinchi yarmida tayyorlangan bu eksponatlar etnograf Antonina Pisarchik kolleksiyasidan uning vorislari tomonidan sovg‘a qilingan.
Bu haqda batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidan “Polsha muzeylaridagi O‘zbekiston madaniy merosi”(XL jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.